Live
2
O'zbek

Ulug‘bek Baqoyev: «Futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q»

Eksklyuziv
20 sentabr, 16:01
«So‘g‘diyona» bosh murabbiyi jamoasining mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi.
Ulug‘bek Baqoyev: «Futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q»
Фото: Сўғдиёна ПФК
20.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 2 ОКМК ОКМК

Zominda «So‘g‘diyona» jamoasi OKMKni qabul qildi. Avvaliga jizzaxliklar hisobni ochishgandi.

Shunga qaramay, uchrashuv oxirlarida ikki marta o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. O‘yindan keyin «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev shunday dedi:

— Avvalo, o‘yinni boshladik. Ikki tomonda ham vaziyatlar bo‘ldi: biz ham hujumlar uyushtirdik, OKMKda ham hujumlar bo‘ldi. Standart vaziyatdan gol urdik, shundan keyin biroz himoyaga o‘tirib qoldik.

Ikkinchi bo‘limda esa negadir o‘yinimiz unchalik chiqmadi. Ayrim epizodlarda hujum qilishimiz, ehtimol, gol urishimiz ham mumkin edi. Ammo uchrashuv oxirida ikki marta to‘p o‘tkazib yubordik.

Lekin bu — futbol. 90 daqiqa davomida oxirigacha o‘ynash kerak. Shu bois yigitlarga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q. O‘zini ayamaganlari, bor kuchini berib o‘ynaganlari uchun va umuman, bugungi o‘yin uchun ularga rahmat aytaman.
Endi oldindagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Baqoyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar