Live
2
O'zbek

Anvar G‘ofurov: «Ikkala jamoaga ham juda qiyin bo‘ldi»

Eksklyuziv
20 sentabr, 16:12
«Surxon» bosh murabbiyi «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Anvar G‘ofurov: «Ikkala jamoaga ham juda qiyin bo‘ldi»
Фото: Сурхон ПФК
20.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon 1 : 0 Qo'qon-1912 Qo'qon-1912

Superliganing 22-turi doirasida o‘tkazilgan «Surxon» va «Qo‘qon-1912» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin taqdirini birgina gol hal qildi va bu termizliklar tomonidan kiritildi. Shu tariqa, «Surxon» juda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoa ustozi Anvar G‘ofurov esa matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. Chunki bu o‘yin olti ochkolik edi. «Qo‘qon-1912» jamoasiga ochkolar zarur edi va bizga ham muhim edi. O‘yinning o‘zi qanday o‘yin bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ikkala jamoaga ham juda qiyin bo‘ldi. Hech bir klubni yutqazish niyati yo‘q edi. Jamoalar borini berib, g‘alabaga harakat qilishgandi. Gol urishga intilishdi.

Xudoga shukr, bizga omad kulib boqdi va uch ochko egasi bo‘ldik. Juda xursandman. Futbolchilarga katta rahmat. «Surxon» murabbiylar shtabi, administratorlar, shifokorlar, oshpaz, media – hamma-hammaga katta rahmat. Bu butun jamoaning g‘alabasi bo‘ldi. Uch ochkoga ega bo‘ldik, xursandman.

- Dzebniauri ancha vaqt zaxirada qolib ketdi. Hozir esa o‘yindan-o‘yinga o‘zini ko‘rsatib, ochilib bormoqda. Uni qanday ruhlantira oldingiz?

- Tornike — yaxshi va sifatli futbolchi. Albatta, o‘yindagi ayrim xatolari sabab birinchi davrada ancha vaqt zaxirada qoldi. Ammo hozir u o‘z ustida ishlab, o‘z imkoniyatidan unumli foydalanmoqda va o‘yindan-o‘yinga o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib boryapti.
Menimcha, eng muhimi — har bir futbolchi maydonga tushganida o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘liq bajarishi kerak. U legioner bo‘ladimi yoki mahalliy futbolchi bo‘ladimi, farqi yo‘q. Har bir futbolchiga imkoniyat beriladi, undan foydalanish esa futbolchining o‘z qo‘lida. Shu o‘rinda «Qo‘qon-1912» jamoasiga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman», - deya G‘ofurovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar