O‘zbekiston Superligasining 22-turida «Surxon» Toshkentdagi «Jar» stadionida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Surxon» hisobni 8-daqiqadayoq ochdi. Tornike Zebniauri jamoasining hujumini gol bilan yakunlab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda «Qo‘qon-1912» hisobni tenglashtirishga urindi, biroq «Surxon» himoyasi raqibga gol urish imkonini bermadi. Yakunda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani saqlab qoldi.
Ushbu natijadan so‘ng «Surxon» 26 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Qo‘qon-1912» esa 20 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.
Superliga. 22-tur
Surxon — Qo‘qon-1912 1:0
Gol: Zebniauri 8.
Surxon: Merganov, Shamsiev, Tursunov, Sherbo‘taev (Yusupov, 79), Fraydey, Ashurbaev, Ramazonov (O‘ktamov, 46), Qodirov (Abduhamidov, 46), Zebniauri, Shukurullaev, Shaydulov.
Qo‘qon-1912: Davronov, Yoqubov, Sidiqov, Gvazava (Gadoev, 62), Nimeli, Hakimov, Akramov, Malikjonov, G‘ulomov (Husanov, 86), O‘ktamov (Yo‘lchiev, 62), Hasanov (Tabatadze, 86).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi