Angliya-premyer ligasining 5-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Sanderlend»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hisob 9-daqiqada Enso Fernandes tomonidan ochildi. «Sanderlend» vakili Brayan Brobbey 12-daqiqada javob golini urdi. Rayyan Sherki 29-daqiqada «Siti»ni yana oldinga olib chiqdi, biroq Brobbey 33-daqiqada yana hisobni tenglashtirdi.
Tanaffus arafasida Antuan Semenyo gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. U 57-daqiqada dublini rasmiylashtirdi. Brobbey 59-daqiqada uchinchi golini urib, farqni qisqartirdi. 81-daqiqada Erling Holand «Manchester Siti»ning beshinchi goliga mualliflik qildi.
Bellashuvda O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zahirada qoldirildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Manchester Siti» 15 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. «Sanderlend» esa 4 ochko bilan 14-o‘rinda.
APL. 5-tur
Manchester Siti — Sanderlend 5:3
Gollar: Fernandes 9, Sherki 29, Semenyo 43, 57, Holand 81 — Brobbey 12, 33, 59.
Manchester Siti: Donnarumma, Nunesh, Diash, Gehi, Gvardiol, Enso Fernandes, Anderson, Semenyo, Sherki (O'Reyli, 85), Ndiaye (Doku, 75), Holand.
Sanderlend: Rufs, Mukiele, Danso, Ballard, Metali, Jaka, Sadiki (Izidor, 68), Meunye (Xyum, 79), Le Fe, Angulo (Fofana, 60), Brobbey.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi