Bugun
20
O'zbek

Mareska: «Men gollarga boy o‘yindan ko‘ra 1:0 hisobidagi g‘alabani afzal ko‘raman»

Futbol
21 sentabr, 03:40
«Man Siti» bosh murabbiyi «Sanderlend»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mareska: «Men gollarga boy o‘yindan ko‘ra 1:0 hisobidagi g‘alabani afzal ko‘raman»
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 3 Sanderlend Sanderlend

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska APL 5-tur doirasida «Sanderlend» ustidan qozonilgan 5:3 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Juda yaxshi, kuchli va xavfli jamoaga qarshi o‘ynadik. Lekin yana g‘alaba qozonish yo‘lini topdik va hozir eng muhimi shu.

Bir nechta golni juda oson o‘tkazib yubordik. Biz atigi 8 haftadan beri birga ishlayapmiz va turli xil o‘yinlarni o‘tkazdik. Har biridan ko‘p narsa o‘rgandik.

Rasmiy 7 ta uchrashuv o‘tkazdik va ularning barchasi bir-biridan farq qildi. Bu yaxshi, chunki har bir bahsdan saboq olyapmiz.

Yaxshiroq bo‘lish uchun o‘rganishimiz kerak. Bugun ham bundan mustasno emasdi, ammo baribir g‘alaba qozonish yo‘lini topdik.

Gollar juda ko‘p bo‘ldi. Uning o‘rniga, men 1:0 hisobini afzal ko‘rgan bo‘lardim. G‘alaba qozonganimizdan xursandman, ammo keyingi safar uchta gol o‘tkazib yubormasligimizga umid qilaman», — dedi Mareska Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, «Manchester Siti» 5-turdan keyin 15 ochko bilan APLda peshqadam bo‘lib turibdi. 4 ochkoga ega «Sanderlend» esa 14-o‘rinni egallagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Sanderlend Sanderlend
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar