Live
11
O'zbek

Enso «Man Siti» safida ilk golini urdi

Futbol
20 sentabr, 10:06
    11
Argentinalik yarimhimoyachi «Sanderlend»ga qarshi bahsda jarima zarbasidan hisobni ochdi.
Enso «Man Siti» safida ilk golini urdi
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 3 Sanderlend Sanderlend

Enso Fernandes «Manchester Siti» safidagi ilk golini urdi. Argentinalik yarimhimoyachi Angliya Premyer-ligasining 5-turi doirasida «Sanderlend»ga qarshi bahsning 9-daqiqasida hisobni ochdi.

Fernandes jarima zarbasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba yo‘llab, to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. Bu 2026/27-yilgi mavsumda futbolchining «Manchester Siti» safidagi to‘rtinchi bahsi bo‘ldi.

«Sanderlend» uch daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi. Brayan Brobbiy 12-daqiqada gol urdi. 29-daqiqada Antuan Semenyo uzatmasidan so‘ng Rayan Sherki «Manchester Siti»ni yana oldinga olib chiqdi.

33-daqiqada Brobbiy o‘zining ikkinchi golini urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga ikki daqiqa qolganida esa Semenyo «Manchester Siti»ning uchinchi golini kiritdi.

Ma’lumot uchun, Fernandes bundan avval Chempionlar ligasida «Portu»ga qarshi bahsda (2:0) Erling Holandga golli uzatma bergandi. Bellashuv «Etihad» stadionida o‘tkazilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Sanderlend Sanderlend
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar