Live
3
O'zbek

«Tottenham» vingeri Mudrik: «Arsenal»ga o‘tish orzum edi

Futbol
20 noyabr, 06:13
    7
Ukrainalik futbolchi Londonning boshqa klubiga amalga oshmagan transferi haqida gapirdi.
«Tottenham» vingeri Mudrik: «Arsenal»ga o‘tish orzum edi
Foto: Getty Images

«Tottenham»da ijarada o‘ynayotgan vinger Mixail Mudrik «Arsenal»ga amalga oshmagan transferi haqida fikr bildirdi.

«Chelsea»ga o‘tishimdan oldin «Arsenal» safiga qo‘shilishni xohlaganim hech kimga yangilik emas. «Emirates»ga ko‘chib o‘tish mening orzum edi», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli ukrainalikning amaldagi to‘liq shartnomasi «Chelsea» klubiga tegishli.

Mudrik jarohati sabab joriy Angliya Premyer-ligasida mavsum startini o‘tkazib yubordi. U bu mavsumda atigi 1 ta bahsda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar