Live
3
O'zbek

Pochettino: «Asosiy vazifamiz — «MYU» futbolchilarini bosimdan xalos qilish»

Futbol
19 noyabr, 16:55
    5
Manchesterliklarning yangi bosh murabbiyi klubdagi ustuvor vazifalar haqida gapirdi.
Pochettino: «Asosiy vazifamiz — «MYU» futbolchilarini bosimdan xalos qilish»
Foto: Manchester United

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino lavozimga kirishganidan so‘ng ilk intervyusini berdi.

Argentinalik mutaxassis klubdagi asosiy ustuvor vazifalar haqida gapirib, sog‘lom muhit yaratish, birdamlikni ta’minlash va futbolchilarni ortiqcha psixologik bosimdan xalos etish muhimligini ta’kidladi.

«Eng muhimi — klubda muayyan madaniyatni shakllantirish. Faqat hozirgi vaziyatga e’tibor qaratish xato. Biz bu klubning salohiyatini ko‘rishimiz kerak. Bu o‘yin ekanini anglashimiz lozim. Undan zavq olish va futbol bilan uzviy bog‘liqlikni his qilish uchun esa erkinlik zarur.

Biz futbolchilar o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta oladigan muhit va sharoitni yaratishimiz kerak. Hozirgi asosiy vazifamiz — o‘yinchilar bilan ishlash va ularning yelkasidagi bosimni yengillashtirish. Bosim va mas’uliyat ularga kuch-g‘ayrat bag‘ishlashi kerak. Aks holda, bu yukni yelkada ko‘tarish juda og‘ir bo‘lib qoladi.

Biz bir jamoa bo‘lishimiz shart. O‘zaro hamjihatlik va yaxshi munosabatlar juda muhim. Bu nafaqat biz va murabbiylar shtabi, balki muxlislar, futbolchilar, direktorlar, klub egalari hamda klubdagi barcha xodimlar o‘rtasida bo‘lishi kerak», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi BBC.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar