Live
3
O'zbek

APL 2027/28 yilgi mavsumining boshlanish va yakunlanish sanalari e’lon qilindi

Futbol
20 noyabr, 01:32
Turnir YChL finalidan bir hafta oldin yakunlanadi.
APL 2027/28 yilgi mavsumining boshlanish va yakunlanish sanalari e’lon qilindi
Foto: Getty Images

Angliya Premyer-ligasi 2027/2028 yilgi mavsum taqvimini rasman tasdiqladi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida xabar berildi.

Yangi mavsum 2027-yil 13-avgust, juma kuni start oladi.

Chempionatning so‘nggi turi esa 2028-yil 21-may kuni bo‘lib o‘tadi. Odatdagidek, so‘nggi turdagi barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, yangi mavsumning boshlanishi futbolchilarga 2026/2027 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng to‘liq 75 kun dam olish imkonini beradi. Chempionat esa UEFA Chempionlar ligasi finalidan bir hafta oldin yakunlanadi.

2027/2028 yilgi mavsumda dam olish kunlariga to‘g‘ri keladigan 33 ta tur va hafta o‘rtasida o‘tkaziladigan 5 ta tur rejalashtirilgan.

Shuningdek, Rojdestvo va Yangi yil bayramlari davrida ikki tur oralig‘idagi tanaffus 60 soatdan kam bo‘lmaydi. Bu qaror qishki mavsumda o‘yinlar taqvimidagi tig‘izlikni kamaytirish maqsadida, klublar oldidagi majburiyatlarga muvofiq qabul qilingan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar