Live
3
O'zbek

Fernandesh: «Tottenxem» bilan APLni yutmoqchiman

Futbol
20 noyabr, 03:57
Londonliklarning portugaliyalik yarimhimoyachisi jamoaning maqsadlari haqida gapirdi.
Fernandesh: «Tottenxem» bilan APLni yutmoqchiman
Foto: Getty Images

«Tottenxem» yarimhimoyachisi Mateush Fernandes jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadlar haqida gapirdi.

«Bu haqda bosh murabbiy bilan ko‘p bor suhbatlashganmiz. Bizning oldimizdagi asosiy vazifa — Angliya Premyer-ligasi, Liga kubogi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritish. APLni yutmoqchiman. O‘ylaymanki, biz ushbu klubning fikrlash tarzini o‘zgartirishga qodirmiz», — deya Fernandesning so‘zlarini keltiradi The Spurs Express nashri.

Portugaliyalik yarimhimoyachi yozgi transferlar oynasida «Vest Hem»dan «Tottenxem»ga o‘tgandi. U «taqachilar» safida barcha musobaqalarda 12 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Angliya chempionatining 10 ta turidan so‘ng «Tottenxem» 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 11-pog‘onasini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar