Live
11
O'zbek

Holand APLda raqib sifatida qarshi o‘ynagan 25 jamoaning barchasiga gol urdi

Futbol
20 sentabr, 11:12
Norvegiyalik hujumchi «Sanderlend» darvozasini ishg‘ol qilib, o‘ziga xos natijani qayd etdi.
Holand APLda raqib sifatida qarshi o‘ynagan 25 jamoaning barchasiga gol urdi
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 3 Sanderlend Sanderlend

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand Angliya Premyer-ligasida yangi shaxsiy natijasini qayd etdi. Norvegiyalik futbolchi chempionatda qarshi o‘ynagan barcha 25 jamoa darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

The Touchline ijtimoiy tarmoqlarida xabar berilishicha, Holand «Sanderlend»ga qarshi bahsda gol urganidan so‘ng APLda qarshi maydonga tushib, ammo darvozasini ishg‘ol qila olmagan jamoa qolmagan.

Hujumchi chempionatning 5-turi doirasidagi bahsning 81-daqiqasida gol urdi. Uning goli «Manchester Siti»ning 5:3 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan gollardan biri bo‘ldi.

Holand «Manchester Siti» safida 2022-yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Norvegiyalik hujumchi uch marta APLning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» «Sanderlend»ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Sanderlend Sanderlend
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar