Superliganing 22-turida «Andijon» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi. «Bobur Arena»dagi bahs mehmonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar 21-daqiqada Rustam Turdimurodovning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi. 38-daqiqada Adenis Shala Umar Eshmurodovning uzatmasidan so‘ng muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda «Nasaf» yana uchta gol urdi. 53-daqiqada Abbos G‘ulomov hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 81-daqiqada Abduvohid Ne’matov penaltini aniq amalga oshirdi, 88-daqiqada esa Yusuf Otubanjo yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Nasaf» 34 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Andijon» esa 30 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.
Superliga. 22-tur
Andijon — Nasaf 1:4
Gollar: Turdimurodov 21 (pen.) — Shala 38, G‘ulomov 53, Ne’matov 81 (pen.), Otubanjo 88.
Ogohlantirish: Bekzod Sulaymonov (23).
Andijon: Adhamov, Abdumajidov (Komilov, 73), Cheran (Iminov, 59), Chalasan, Temirov (Ashortia, 59), To‘xtaxo‘jayev, Ismonaliyev, Toirov, Boake, Sulaymonov (Turg‘unboyev, 59), Turdimurodov (Abdumannopov, 73).
Nasaf: Ne’matov, Davronov, Komilov, G‘aybullayev, Shala, Abdirahmatov, Abdixoliqov (Otubanjo, 71), Rustamov, G‘ulomov, Gudushauri (Berdirahmonov, 76), Eshmurodov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi