«Nasaf» klubi OChL 2 musobaqasidagi ilk o'yinini Bahraynda «Al Xolidia» jamoasiga qarshi o'tkazdi va unda hisob ochilmadi – 0:0.
Uchrashuvdan keyin «Nasaf» bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Raqib maydonida og'ir o'yin o'tkazdik. Biz vazifamizni himoyada yaxshi bajardik. Lekin hujumda bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Uchrashuv tempi yuqori bo'lmadi, bu tushunarli edi. Bunday havoda temp yuqori bo'lishi mumkin ham emas. Shunga qaramasdan bugun bir ochkoga ega bo'ldik. O'yin kechishi bo'yicha durangga qarab ketayotgan edi va shunday ham bo'ldi.
- «Nasaf»ni hujumkor jamoaligini bilamiz. Ammo jamoa ko'proq himoyada o'ynadi. Nima uchun?
- Biz ko'proq iqlim bilan kurashdik. Bu oson emasligini bilamiz. Chunki raqib jamoasi bunday ob-havoga ancha ko'nikkan. Ular to'pga ko'proq egalik qildi va biz himoyalandik. Himoyalanishimiz kerakligini yigitlarga ta'kidlagandik. Boya aytib o'tganimdek, qarshi hujumda ishlarimiz yaxshi bo'lmadi. O'yinga ko'p yo'qotishlar va to'liq tarkib bilan kelmadik. Bu ham o'yinga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
- Chempionatda o'tgan o'yinda 6:2 hisobida g'alaba qozondinglar. Bu o'yinda esa ikkitagina imkoniyat bo'ldi. Balki sabab faqatgina ob-havo bilan bog'liq emasdir?
- Albatta, sabab ob-havo emas. Buni bahona qilayotganimiz yo'q. Aytganimdek, hujumdagi vazifalarimizni bajara olmadik. Hujumdagi futbolchilarimiz faol va keskin harakat qilishmadi. Bugungi uchrashuvdagi asosiy muammolarimizdan biri bo'ldi. Oxirgi o'yinlarda bitta tarkib bilan o'ynayapmiz. Bu o'yinga esa yo'qotishlar bilan keldik va bu ham ta'sir qildi» - deya Berdiyevning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ro'ziqul Berdiyev: «Himoyada yaxshi o'ynadik, ammo hujumdagi vazifalarimizni bajara olmadik»
Eksklyuziv
16 sentabr, 17:36
«Nasaf» bosh murabbiyi «Al Xolidia»ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Фото: Насаф ПФК
16.09.2026
FT
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Al Khalidiyah
0
:
0
Nasaf Qarshi