Qarshining «Nasaf» klubi OChL 2 musobaqasidagi ilk oʻyinini Bahraynda «Al Xaldiya» jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Oʻyin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida «Nasaf» bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiev va darvozabon Abduvohid Neʼmatov qatnashdilar.
Roʻziqul Berdiev: - Bu turnirning birinchi oʻyini. Ikkala jamoa ham yaxshi natija bilan boshlashni xohlaydi. Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Albatta, ertangi raqibimiz ancha jiddiy. Barqaror oʻynaydigan, tajribali futbolchilarga ega jamoa. Bor kuchimizni beramiz va turnir startini yaxshi natija bilan boshlashga harakat qilamiz.
- Uzoq masofa va iqlim oʻzgarishidan keyin bu oʻyinga tayyorgarlik qanday boʻladi?
Abduvohid Neʼmatov: - Xudo xohlasa, ertaga turnirni boshlaymiz. Musobaqaga tayyormiz. Nasib qilsa, gʻalaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Ertaga biz ham, raqibimiz ham shu issiqda oʻynaymiz. Xudo xohlasa, borimizni berib harakat qilamiz.
- Bahraynga oxirgi finaldagi yomon natijadan keyin endi qaytdingiz. Bu ertangi uchrashuvga taʼsir qiladimi?
Roʻziqul Berdiev: - Bunga ancha boʻldi. Bahraynni «Al Muxarraq» jamoasi bilan finalda oʻynaganimiz ham tarixiy voqea boʻlgandi. Tarixda qoldi. Finalga yetib kelish biz uchun yomon natija boʻlmagan. Lekin bunga ancha vaqt boʻldi. Ertaga «Al Muxarraq» bilan emas, «Al Xaldiya» bilan oʻynaymiz. Bu jamoani yaxshi bilamiz, yaxshi oʻrgandik. Tajribali, barqaror jamoa. Oʻylaymanki, ertangi natija finaldan farq qiladi.
- Ertangi oʻyinda siz uchun eng muammoli oʻyinchi kim boʻladi va iqlim sizlarga taʼsir qiladimi?
Roʻziqul Berdiev: - Havoning issiqligi biz uchun birinchi muammo. Raqib jamoani oʻrganganimizda tajribali legionerlari bor. Albatta, ulardan xavf kutamiz. Yigitlarimizga barcha maʼlumotlarni berdik. Futbolchilarimiz raqib oʻyinchilari haqida toʻliq maʼlumotga ega. Havoning ancha issiqligini koʻryapmiz. Namlik juda yuqori. Shunga qaramasdan futbol oʻynash uchun barcha imkoniyatlar bor. Yigitlarimiz buni yengib oʻtadi», - deya matbuot anjumanidagi soʻzlarni keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Roʻziqul Berdiev: «Havoning issiqligi biz uchun birinchi muammo»
Eksklyuziv
15 sentabr, 17:41
«Nasaf» bosh murabbiyi «Al Xaldiya»ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Фото: Насаф ПФК
16.09.2026, 12:00
Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Al Khalidiyah
-
:
-
Nasaf Qarshi