Bugun
50
O'zbek

Ro‘ziqul Berdiyev: «OCHL 2 da albatta «Nasaf»ning maqsadi jiddiy bo‘ladi»

Eksklyuziv
9 sentabr, 16:35
Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: «OCHL 2 da albatta «Nasaf»ning maqsadi jiddiy bo‘ladi»
Фото: Насаф ПФК
09.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 3 : 0 Bunyodkor Bunyodkor

«Nasaf» 21-turda Qarshida «Bunyodkor»ni qabul qildi va raqibini ayab o‘tirmadi. Hisob 3:0 va mezbonlar foydasiga.

O‘yindan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Gʻalabadan xursandmiz. Stadionga muxlislarimiz tashrifi ko‘paymoqda. Bundan ham mamnunmiz. O‘ylaymanki, bundan-da ko‘payadi. Buning uchun rahbariyat ham, klub a’zolari ham tashabbus ko‘rsatib, ish olib borishyapti. Bu futbolchilarga ham yoqimli. Albatta, raqibimiz tajribada bizdan kuchsizroq edi, deb bemalol aytish mumkin. Shuning uchun yigitlarimiz o‘yinni nazorat qilishdi. Yana standart vaziyatga e’tibor qaratdik. Birinchi golimiz bizga qo‘l keldi. Raqibga kuchli bosim o‘tkazishga harakat qildik. Xatolarini evaziga yana gollar urishga muyassar bo‘ldik. Buni g‘alabamizga asosiy sabablardan biri bo‘ldi, deb aytish mumkin.

- Bekjonni jarohati jiddiy emasmi? Shala ko‘rinmadi.

- Yana jarohatlar ko‘payyapti. U ham jarohat olib chiqib ketdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, keyin ko‘ramiz. Murod ham jarohat olgandi. Shalada yengilroq jarohat bor. Shamollagandi. Shuning uchun bugungi uchrashuvga jalb qilmadik. O‘ylaymanki, keyingi o‘yingacha tayyor bo‘ladi.

- OCHL bahslari boshlanmoqda. O‘yinlar oldidan rahbariyat bilan aniq vazifalar borasida gaplasha oldingizmi?

- Bu haqida gaplashmadikku, ammo rahbariyatimiz biz bilan birga va qo‘llab-quvvatlashyapti. Oldingi uchrashuvda ham, bugun ham rahbariyat jamoani g‘alaba bilan tabrikladi. Faoliyatimiz, olib borayotgan ishimiz ularni e’tiborida bo‘lib turibdi. «Nasaf»ni oldidagi maqsadi albatta jiddiy bo‘ladi. Turnirda yaxshi qatnashishimiz kerak va avvalo guruhdan chiqishimiz kerak bo‘ladi.

- Muhim uchrashuvlar oldidan sizni jarohatlar bezovta qilishi mumkin. Yana nimalar bezovta qilyapti?

- Albatta, jarohatlar bizga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, toliqish bo‘lishi mumkin. Borib qaytib kelib, yana uch kundan keyin o‘ynashimiz kerak bo‘ladi. Yigitlarni tiklanishiga va dam olishiga ko‘proq e’tibor qaratamiz. Chunki biz safarda 16-kuni o‘ynaymiz va safardan qaytib kelgach, 20-sanada Andijonda o‘ynashimiz kerak.

- Olimpiya terma jamoasiga «Nasaf»dan 5 nafar futbolchi jalb etilgan. Bu chempionat o‘yinlari va xalqaro maydondagi uchrashuvlarga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

- Albatta, ularni bo‘lgani biz uchun yaxshi bo‘lardi. Ammo olimpiya terma jamoamiz turnirga jiddiy yondashyapti. Shu bois ularni qo‘yib yubordik. Ikkita o‘yindan yaxshi o‘tib olsak, o‘rtada tanaffus bo‘ladi va bu holatda ular yaxshi darajada qaytib kelishadi.

- Hozirda Sharof Muhitdinovni faoliyatida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan, deyish mumkinmi?

- Jamoani g‘alabalariga juda katta yordami tegyapti. Sharof bir nechta pozisiyalarda biz uchun muhim rollarni o‘ynab beryapti.

- OCHL 2 dagi raqiblar haqida nima deya olasiz?

- O‘ylaymanki, bu turnirda ham kuchsiz jamoa bo‘lmaydi. Bahrayn jamoasi o‘z mamlakatida chempion va vise-chempion hisoblanadi. Har bir mamlakatni bu darajadagi jamoasi kuchsiz bo‘lmaydi. Legionerlari bor. Afrika, Marokash, Tunisdan legionerlari bor, yaxshi jamoalardan taklif qilishdi. O‘tgan yili «Traktor» jamoasida o‘ynagan xorvatiyalik yaxshi hujumchini tarkibiga qo‘shib olishdi. Shuning uchun jiddiy jamoa. Kurash yaxshigina bo‘ladi. Bundan tashqari, Quvayt bilan «Al-Vaxda» klublarini ham yaxshi bilamiz. Ular bilan o‘ynaganmiz. Raqiblarimiz jiddiy. Teng kuchga ega klublar guruhda joylashgan.

- Ularni saviyasini «Neftchi»dan ustun deyish, mumkinmi?

- Yo‘q, «Neftchi»dan ustun deya olmayman. Yaxshi tarkiga ega va o‘ylaymanki, OCHL Elitda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega. «Neftchi» o‘z turnirida yaxshi qatnashadi», - deya Ro‘ziqul Sa’dullayevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Bunyodkor Bunyodkor
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar