Live
6
O'zbek

Giggz Gvardiolaga “MYU”ning qaysi futbolchisi yoqishini aytdi

Futbol
9 sentabr, 13:05
Mankunianliklar afsonasi “Siti” sobiq bosh murabbiyi bilan boʻlgan suhbatni yodga oldi.
Giggz Gvardiolaga “MYU”ning qaysi futbolchisi yoqishini aytdi
Foto: Getty Images

Rayan Giggz Pep Gvardiola va Aleks Fergyuson bilan birga kechki ovqat qilganini esladi.

“Biz taxminan sakkiz kishi edik. Fergyuson meni Pepning yoniga oʻtqazdi. Voqea bundan taxminan 8-9 yil oldin boʻlgan.

Pepdan soʻradim: "Xoʻsh, "Yunayted”da qaysi futbolchi senga yoqadi?»

U esa: “Sen nima deb oʻylaysan?” — deb javob berdi.

Men: “De Xea?” — dedim.

U: “Yoʻq”, — dedi.

Men: “Lyuk Shou?”

“Yoʻq”, — dedi u.

Shunda Pep: “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi futbolchisi — Markus Reshford. Men uni ertagayoq olib ketgan boʻlardim", — dedi.

Oʻshanda men: “Pep unda nimani koʻryapti?” — deb oʻyladim. Albatta, u Reshfordni markaziy hujumchi sifatida koʻrayotgan ekan", — dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq yarimhimoyachisi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.

Gvardiola va Reshford
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar