«Manchester Yunayted» yangi homiyga ega bo‘ldi. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.
«Qizil iblislar» SumUp kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi. Yangi hamkor «Manchester Yunayted»ga mobil va elektron to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha yechimlarni taqdim etadi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar ko‘p millionlik shartnoma imzolagan. Kompaniya logotipi «Manchester Yunayted» formasining yeng qismida joylashtiriladi.
Angliya Premyer-ligasining uch turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 4 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 11-pog‘onasida bormoqda.
Jamoa navbatdagi bahsini UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichida «Sabah»ga qarshi o‘tkazadi.