«Manchester Yunayted» klubi qishki transfer oynasida Nunu Mendeshni sotib olish imkoniyati yuzasidan «PSJ» bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Stretford End Times nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» portugaliyalik chap qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq kelishuvga Parij klubi to‘sqinlik qilishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Mendeshning o‘zi ham kelgusida faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Nununing «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi