Bugun
58
O'zbek

«MYu» qishda «Borussiya D» yarimhimoyachisi uchun 100 mln yevro sarflamoqchi

Futbol
8 sentabr, 04:30
Futbolchiga «Man Siti» va «Nyukasl» ham qiziqish bildirmoqda.
«MYu» qishda «Borussiya D» yarimhimoyachisi uchun 100 mln yevro sarflamoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida yana bir markaziy yarimhimoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Express xabar berdi. Mazkur xabar Sky Sports tomonidan ham keltirilgan.

«Qizil iblislar» yanvar oyida Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Feliks Nmechani transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Angliya klubi futbolchi bo‘yicha dortmundliklar bilan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.

Nmechaga «Manchester Siti» va «Nyukasl» ham qiziqish bildirmoqda. «Borussiya» futbolchi uchun 100 million yevro talab qilishi aytilmoqda.

Avvalroq Baleba «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida tanishtirilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Borussiya D Borussiya D
Bugungi yangiliklar