Bugun
58
O'zbek

Saloh: «Liverpul» va uning muxlislarini yaxshi ko‘raman, shuning uchun ularga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lardi»

Futbol
8 sentabr, 02:50
    3
«Trabzonspor» futbolchisi sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushganida qanday hislarni boshdan kechirishini aytdi.
Saloh: «Liverpul» va uning muxlislarini yaxshi ko‘raman, shuning uchun ularga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lardi»
Foto: Getty Images

«Trabzonspor» futbolchisi Muhammad Saloh «Liverpul»ga qarshi maydonga tushganida qanday hislarni boshdan kechirishini aytib berdi.

«Menda turli xil hislar uyg‘onardi. U yerda 9 yil o‘tkazdim, bu shahar va muxlislarni yaxshi ko‘raman.

Biz doimo yaxshi munosabatda bo‘lganmiz. Shuning uchun «Liverpul»ga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘lardi», — deya Salohning so‘zlarini keltiradi SPORTbible nashri.

Eslatib o‘tamiz, Saloh 2017 yildan 2026 yilgacha «Liverpul» safida to‘p tepgan. Ushbu yozgi transfer oynasida esa misrlik futbolchi klubni tark etib, «Trabzonspor»ga ko‘chib o‘tdi.

Yangi mavsumda 34 yoshli vinger turkiyaliklar safida 6 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar