Bugun
58
O'zbek

Nursulton Ro‘ziboyevni mag‘lub etgan Peyj UFC reytingidan chiqarildi

MMA
8 sentabr, 02:20
    10+
Maykl o‘zbekistonlik jangchiga qarshi UFC bilan shartnomasi doirasidagi so‘nggi jangini o‘tkazdi.
Nursulton Ro‘ziboyevni mag‘lub etgan Peyj UFC reytingidan chiqarildi
Foto: Getty Images

Buyuk britaniyalik UFC jangchisi Maykl Peyj tashkilot reytinglaridan chiqarildi.

UFC reytinglarini tuzuvchi jurnalistlarga Peyj Parijdagi turnirdan so‘ng reytingdan chiqarilgani haqida xabar yuborilgan. Shu bois uni shu hafta e’lon qilinadigan yangilangan reytingga kiritishning imkoni bo‘lmaydi.

5 sentyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan turnirda Peyj Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi jang qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi. Bu jang Peyjning UFC bilan shartnomasi doirasidagi so‘nggi bellashuvi bo‘ldi.

39 yoshli Peyjning rekordida 26 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor. U UFCdagi oltita jangida beshta g‘alabaga erishgan. Peyjning barcha janglari hakamlar qarori bilan yakunlangan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar