Bugun
58
O'zbek

«Barsa»ning qishki transfer oynasida qancha mablag‘ sarflashi mumkinligi ma’lum

Futbol
8 sentabr, 03:10
    4
Moliyaviy feyr-pley qoidalari klubga taxminan 60 million yevro sarflash imkonini beradi.
«Barsa»ning qishki transfer oynasida qancha mablag‘ sarflashi mumkinligi ma’lum
Foto: Getty Images

«Barselona» qishki transfer oynasida tarkibini kuchaytirish uchun qancha mablag‘ sarflashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Moliyaviy feyr-pley qoidalari «Barselona»ga yanvar oyida taxminan 60 million yevro sarflash imkonini beradi. Biroq «ko‘k-anorranglilar» bu mablag‘ni yangi futbolchilarga sarflashga shoshilmayapti.

La Liganing maxsus qoidasiga ko‘ra, klub ushbu mablag‘ni ish haqi fondini oshirishga ham yo‘naltirishi mumkin. «Barselona» bir necha yildan buyon aynan maoshlar fondi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

Shu bilan birga, yozda «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yangi markaziy himoyachi olishni istagan. Lekin bu amalga oshmagan. Ehtimol, yanvar oyida klub sport direktori Deko ushbu masala bilan shug‘ullanadi.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» Ispaniya chempionatining 4-turidan so‘ng 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Avvalroq kataloniyaliklar Frenki de Yongni sotishga tayyor ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar