Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo «Barselona»dan «Liverpul»ga to‘liq transfer qilinishi mumkin. Bu haqda Rousing The Kop nashri xabar berdi.
Futbolchining ijara shartnomasida 54,5 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, ushbu huquq majburiy emas. Biroq «Liverpul» mavsum yakunini kutmasdan istalgan vaqtda undan foydalanishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, Arauxo «Liverpul»ga juda ma’qul kelmoqda. Shu bois klub futbolchini muddatidan oldin sotib olish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq qarorni keyinroq qabul qilish ehtimoli ham istisno etilmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli himoyachi «Liverpul» safida APLda uchta o‘yin o‘tkazib, bitta sariq kartochka oldi. Avvalroq Arauxo APL va La Ligani solishtirgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi