Transfer huquqi «Barselona»ga tegishli, ijarada «Liverpul»da to‘p tepayotgan himoyachi Ronald Arauxo Premer-liga va La Liga o‘rtasidagi farq haqida gapirdi.
Urugvaylik shu yil yozda «qizillar» safiga borib qo‘shildi. Uning ijara muddati mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
«La Ligaga past baho berib bo‘lmaydi. Ispaniya chempionatida taktika va texnik jihatdan daholar harakat qiladi, ammo Premer-liga jismoniy kuch va tezliklar borasida boshqa darajadaligini ham tan olish kerak.
Men chin dildan ishonamanki, o‘zini Angliyada ko‘rsata olgan va bu muhitda «jon saqlab qola olgan» himoyachi qiyinchiliksiz La Ligaga qaytgach, maydonda ustunlik qila oladi. «Liverpul»dagi har bir daqiqa – kurash, men «Enfild»dagi joyim uchun jang qilishga tayyorman», – deya Arauxo so‘zlaridan iqtibos keltirdi Foot Mercato.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi APLda 2 ta o‘yinda ishtirok etib ulgurdi – har ikki safar u zaxiradan maydonga tushirildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi