Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Jonatan Devid bilan ilk mashg‘ulotlardan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz uning «Lill»dagi holatidagi singari futbolchi kerak. U bilan gaplashdik, uning bizga kerakli, yordam bera oladigan xislatlari mavjud. U imkon qadar tezroq jamoaga moslashib olishi biz uchun muhim. U kelganiga ko‘p bo‘lmadi va hali adaptatsiya jarayoni davom etmoqda. Biz uning shijoati va juda g‘ayratli ekanligini ko‘ryapmiz. Umid qilamizki, u maydonda bizga o‘zi xohlagan va biz undan kutayotgan narsalarni bera oladi», - deya Simeone so‘zlaridan iqtibos keltirdi AS.
Eslatib o‘tamiz, Devid Turinning «Yuventus» klubidan «Atletiko» safiga yozgi transfer oynasi vaqtida kelib qo‘shildi. Forvard madridliklar safida ijara huquqi asosida harakat qiladi, o‘z navbatida ispanlar uni sotib olish imkoniyatiga ega.