Bugun
36
O'zbek

«Atletiko» do‘konlarida Alvares futbolkalari sotilmayapti

Futbol
4 sentabr, 10:36
Madrid klubi stadioni yaqinidagi maxsus do‘konlarda forvard ismi tushirilgan birorta ham futbolka sotilmayapti.
«Atletiko» do‘konlarida Alvares futbolkalari sotilmayapti
Foto: Gettyimages

Madridning «Atletiko» klubi stadioni yaqinidagi maxsus do‘konlarida Xulian Alvares ismi tushirilgan birorta ham futbolka sotilmayapti.

Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi. Oxirgi haftalarda argentinalik forvardning ehtimoliy transferi haqidagi shov-shuvlardan keyin bu ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Yozda Alvares Madrid jamoasini tark etishni niyat qilgandi, biroq klub uni «Barselona»ga qo‘yib yubormaslikka qaror qildi. Londonning «Arsenal» klubi variantini futbolchining o‘zi rad etdi.

Avvalroq, madridliklar ustozi Diyego Simeone hujumchi mashg‘ulotlarda yaxshi shug‘ullanayotgani va «Atletik» bilan bahs qaydnomasiga kiritilishini ma’lum qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar