Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘z jamoasi tarkibining kuchi va «Real» hamda «Barselona» bilan darajalar farqi haqida gapirdi.
«Oxirgi 15-yilda bo‘lgan ishlar o‘zgarmaydi. Ispaniyada «Real Madrid» va «Barselona» bor, qolganlar esa ularning ortidan boradi va o‘rtadagi tafovutni qisqartirishga urinmoqda», — deya Simeone so‘zlaridan iqtibos keltirdi Atletico Universe.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumning dastlabki 3 ta turida «Atletiko» 7 ochko bilan La Liga jadvalining uchinchi o‘rnini band etgan.
To‘rtinchi turda Simeone shogirdlari safarda Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushadi. Bahs shanba, 5 sentyabr kuniga mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi