Bugun
36
O'zbek

Jastin Geydji Makgregor bilan jang haqida: «Intizorlik bilan kutyapman»

Boshqa sportlar
4 sentabr, 11:41
Amerikalik jangchi Konorga qarshi jang ham moliyaviy, ham maqom borasida o‘zi uchun foydali bo‘lishini ta’kidladi.
Jastin Geydji Makgregor bilan jang haqida: «Intizorlik bilan kutyapman»
Foto: Gettyimages

37 yoshli 70 kggacha bo‘lgan vazn toifasida UFCning amaldagi chempioni amerikalik Jastin Geydji nima sababdan yarim yengil va yengil vaznlarda UFCning irlandiyalik sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jangga qiziqayotgani haqida gapirdi.

«Men bu haqda yuzlab marta aytganimdek, Konor Makgregorning yuziga katta mamnuniyat bilan omma oldida musht tushirgan bo‘lardim. Shu sababli bu jangni sabrsizlik bilan kutyapman, o‘sha yerda bo‘lishni va uning [ro‘paramda turganini] ko‘rishni orziqib kutyapman. Hech shubhasiz, u ushbu sport turining eng buyuk superyulduzlaridan biri, shunday ekan, u kabi yigit bilan jang qilish men uchun moliyaviy jihatdan juda foydali bo‘lib, afsonaviy maqomga erishishimga ham imkon beradi», — deya Geydji so‘zlaridan iqtibos keltiradi ActuMMA portali.

Bugungi yangiliklar