«Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqda TeamTALK nashri xabar berdi.
Ispaniyalik mutaxassisning «to‘pchilar» bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. Hozirda tomonlar kelishuv muddatini uzaytirish borasida allaqachon muzokaralarni davom ettirmoqda. FIFA kunlari vaqtida Arteta va klub shartnomani rasman uzaytirishi kutilmoqda.
Shartnoma qancha muddatga uzaytirilishi va kelishuvning tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Mikel 2019 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. O‘tgan mavsumda jamoa bilan Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi