London klubi APLning 2-turida «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahs David Rayya uchun «Arsenal» safidagi yubileyli 50-quruq o‘yin bo‘ldi.
Rayya 2023 yilda «Arsenal»ga qo‘shilgan. U o‘tgan uch yil davomida APLda boshqa darvozabonlardan ko‘ra ko‘proq quruq o‘yin qayd etdi.
«Arsenal» navbatdagi turda «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi.