“Hamburg” “Arsenal”dan yarimhimoyachi Fabiu Vieyrani sotib oldi.
Oʻtgan mavsumda nemis klubi safida ijara asosida toʻp tepgan 26 yoshli portugaliyalik uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etdi.
Vieyra oʻtgan mavsumda Bundesligada “Hamburg” uchun 29 ta oʻyinda 7 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.
“Arsenal” Vieyrani “Hamburg”ga sotdi
Futbol
1 sentabr, 13:41
Portugaliyalik yarimhimoyachi oʻtgan mavsumni nemis klubida ijarada oʻtkazgandi.
Foto: Hamburg