Opta superkomyuteri APLda mavsum yakunlari boʻyicha prognozini yangiladi.
“Arsenal” chempionlik uchun asosiy daʼvogar maqomini yanada mustahkamladi. “Toʻpchilar”ning chempion boʻlish ehtimoli mavsum boshidagidan 38 foizdan 47,7 foizga oshdi.
“Manchester Siti”ning chempionlik imkoniyati ham oʻsdi — 20,5 foizdan 26 foizga. Keyingi oʻrinlarda “Chelsi” (5,9%), “Liverpul” (5%), “Manchester Yunayted” (3,5%), “Nyukasl” (2,4%) va “Brayton” (2,1%) bormoqda.
“Tottenhem” Opta reytingida 7-oʻrindan 14-pogʻonaga tushib ketdi. Jamoaning chempion boʻlish ehtimoli esa 2,9 foizdan 0,4 foizga pasaydi.
“Arsenal”ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari yana oshdi, “Siti” — keyingi favorit (Opta)
Futbol
1 sentabr, 13:00
Superkompyuter prognozni yangiladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi