Live
1
O'zbek

Mourinio «Real»da kechikkan futbolchilarga yangi jazo joriy etdi

Futbol
1 sentabr, 11:49
Madrid jamoasi bosh murabbiyi futbolchilar uchun yangi intizomiy qoidalarni joriy etdi.
Mourinio «Real»da kechikkan futbolchilarga yangi jazo joriy etdi
Foto: Gettyimages

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Madrid jamoasi futbolchilari uchun yangi intizomiy qoidalarni joriy etdi.

Portugaliyalik mutaxassis klubda ilgari qo‘llanilgan kechikish uchun pul jarimalaridan voz kechishga qaror qildi.

The Sun nashrining xabar berishicha, ilgari kechikkani uchun futbolchilar 100 yevrodan 300 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin edi. Mourinio bunday summalarni samarasiz deb hisobladi va qattiqroq jazoni tanladi. Endilikda mashg‘ulotga kechikkan futbolchi asosiy guruh bilan mashg‘ulotga qo‘yilmaydi, mashg‘ulot zaliga borib ishlaydi va keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, Mourinio jarohat olgan futbolchilarni tiklash talablarini kuchaytirdi. Reabilitatsiya «Real»ning Valdebebasdagi mashg‘ulot bazasida o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi jamoaning ovqatlanishi ustidan nazoratni kuchaytirdi — futbolchilar klub tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga amal qilishlari kerak.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar