«Barselona» markaziy himoyachisi Andreas Kristensen jamoaning Chempionlar ligasining yangi mavsumida muvaffaqiyat qozonishi imkoniyatlariga baho berdi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichda «ko‘k-anorranglilar»ning raqiblari «Feyenoord», «Galatasaroy», «PJS», «Aston Villa», «Sabah», «Manchester Siti», «Sporting» va «Komo» klublari bo‘ladi.
«O‘ylaymanki, so‘nggi ikki mavsumda biz Chempionlar ligasini yutishga qodir ekanligimizni ko‘rsatdik. Men jamoa ichidagi va atrofidagi muhitni ko‘ryapman — hamma biz barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish uchun yetarli darajada yaxshi ekanligimizga ishonadi. Maqsad sari qadam-baqadam borish kerak» - deya Kristensen so‘zlaridan iqtibos keltiradi BarcaTimes.
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar La Liga startida uchta o‘yinda uchta g‘alaba bilan boshladi. Dushanba kuni «Rayo Valekano» mag‘lubiyatga uchratildi (5:2).
O‘tgan mavsum Chempionlar ligasi 1/4 finalida Hans-Diter Flik shogirdlari «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergandi.