«Chelsi» «Atalanta» himoyachisi Xonest Ahanor transferini rasman e’lon qildi. 18 yoshli italiyalik futbolchi London klubiga 2027 yil yozida qo‘shiladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 47 mln yevroni tashkil qilgan. Transfermarkt esa Ahanorning bozor qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda.
Ahanor 2026/27 yilgi mavsumni ijara asosida «Kristal Pelas» safida o‘tkazadi.
Himoyachi o‘tgan mavsumda «Atalanta» safida 35 ta bahsda maydonga tushgan. Bu uning Bergamo klubidagi ilk mavsumi bo‘lgan — u 2025 yil iyulida «Jenoa»dan transfer qilingan.
Shuningdek, Ahanor Italiya milliy jamoasi safida debyut qilishga ham ulgurdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi