Bugun
15
O'zbek

Kompani: «Bavariya» yana Germaniya Kubogini yutmoqchi»

Futbol
1 sentabr, 06:06
Myunxenliklar ustozi jamoa uchun Germaniya Kubogi ahamiyati haqida gapirdi.
Kompani: «Bavariya» yana Germaniya Kubogini yutmoqchi»
Foto: Gettyimages
02.09.2026, 14:45 Germaniya kubogi Osnabrueck Osnabrueck - : - Bavariya Bavariya

«Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasi uchun mamlakat kubogi naqadar ahamiyatli ekanligi haqida fikr bildirdi.

«Final yakunlanishi bilan, sen yana hal qiluvchi bahsda maydonga tushishni istaysan. Biz qatorasiga ikkinchi marta musobaqada zafar quchmoqchimiz. Bu haqda hamma orzu qiladi. Hattoki «Osnabruk» ham musobaqadagi yorqin lahzalar haqida orzu qiladi», — dedi Kompani jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya Kubogining o‘tgan mavsum finalida «Bavariya» «Shtutgart»ni yirik 3:0 hisobida taslim etgan edi.

Ma’lumot uchun, 2 sentyabr kuni Kompani shogirdlari kubokning 1/32 final doirasida «Osnabruk»ka qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osnabrueck Osnabrueck
  • Bavariya Bavariya
  • Germaniya kubogi Germaniya kubogi
Bugungi yangiliklar