Live
3
O'zbek

«Sanderlend» «Lion» vingeri Fofanani 34,9 mln yevroga transfer qiladi

Futbol
1 sentabr, 06:58
Belgiyalik futbolchi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi.
«Sanderlend» «Lion» vingeri Fofanani 34,9 mln yevroga transfer qiladi
Foto: Getty Images

«Lion» vingeri Malick Fofana tez orada «Sanderlend» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar 21 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha 34,9 mln yevroga kelishib olgan. Fofana «Sanderlend» bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bo‘ladi.

Avvalroq Fofanaga Londonning «Arsenal» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Belgiyalik vinger joriy mavsumda barcha turnirlarda 6 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sanderlend Sanderlend
  • Lyon Lyon
Bugungi yangiliklar