Bugun
45
O'zbek

Kompani: «O‘yindan oldin bunday vaziyatlar yuzaga kelishini xayolimga ham keltirmagan edim»

Futbol
22 oktabr, 02:30
«Bavariya» bosh murabbiyi «Arsenal»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Kompani: «O‘yindan oldin bunday vaziyatlar yuzaga kelishini xayolimga ham keltirmagan edim»
Foto: Getty Images
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya 2 : 2 Arsenal Arsenal

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga qarshi qayd etilgan 2:2 hisobidagi durang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozir uchrashuvlar juda zich taqvim asosida o‘tmoqda va biz keyingi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Bugun kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik.

Imkoniyatlarimiz bo‘ldi, bir nechta ajoyib vaziyatlar yaratdik. Hatto o‘yindan oldin bunday vaziyatlar yuzaga kelishini xayolimga ham keltirmagan edim. So‘nggi daqiqalarda o‘yin tempini biroz pasaytirib yuborganimiz achinarli.

Biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo «Arsenal» qiyin raqib ekanini unutmaslik kerak. Uchrashuv qiyin kechdi, jamoa bor kuchini sarfladi.

Har qanday holatda ham durang balki adolatli natija bo‘lgandir. Endi Bundesliganing ikkinchi o‘rnida borayotgan jamoaga qarshi o‘ynaymiz va hozir eng muhimi shu», — dedi Kompani.

Shuningdek, mutaxassis uchrashuvning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, 90-daqiqada jarohat sabab o‘yinni davom ettira olmagan Luis Diasning holati haqida ham gapirdi.

«Uning jarohati jiddiy emas deb o‘ylayman. Lekin qisqa vaqt ichida bunday holat ikki marta sodir bo‘lsa, xavotirlanishga asos bor», — dedi murabbiy.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar