Teleboshlovchi Pirs Morgan «Barcha davrlarning «Oltin to‘pi»» mukofotini kimga berish kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» mukofoti ta’sis etilganining 70 yilligi munosabati bilan tashkilotchilar B.O.A.T. (Ballon d’Or Of All Time — «Barcha davrlarning «Oltin to‘pi»») sovrini uchun ovoz berish jarayonini boshlashdi.
Nominantlar qatoriga ushbu mukofotni kamida ikki marta qo‘lga kiritgan futbolchilar kiritilgan. Ular orasida Lionel Messi, Krishtianu Ronaldo, Ronaldo, Marko van Basten, Mishel Platini, Karl-Haynts Rummenigge, Kevin Kigan, Frans Bekkenbauer, Yohan Kroyff va Alfredo Di Stefano bor.
Bunda futbolchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan har bir mavsum alohida nomzod sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bu borada Pirs Morgan o‘zining eng yaxshi uch futbolchisini ma’lum qildi. Uning ro‘yxatida birinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldo, ikkinchi pog‘onani Ronaldo egalladi. Uchlikdan Yohan Kroyff joy oldi.
Morgan Ronalduni «Barcha davrlarning «Oltin to‘pi»ga loyiq deb hisoblaydi
Futbol
21 oktabr, 18:02
Britaniyalik teleboshlovchi BOAT sovrini bo‘yicha uchlikka Messini kiritmadi.
Foto: Getty Images