Bugun
45
O'zbek

Fabregas: «Bu «Como» uchun tarixiy kecha»

Futbol
22 oktabr, 00:25
Ispaniyalik mutaxassis «MYU» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Fabregas: «Bu «Como» uchun tarixiy kecha»
Foto: Getty Images
21.10.2026 FT Chempionlar ligasi Komo Komo 4 : 1 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Como» bosh murabbiyi Cesc Fabregas Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, bu klub uchun tarixiy kecha bo‘ldi va biz juda xursandmiz. Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi, shuning uchun ishlashda davom etishimiz va raqiblarga bosim o‘tkazishni to‘xtatmasligimiz kerak», — dedi Fabregas UEFA matbuot xizmatiga.

Murabbiy boshqa jamoalar «Como»dan qo‘rqadi, deb hisoblamasligini ham ta’kidladi. Shuningdek, u klub barcha raqiblariga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishini aytdi. Fabregasning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa debyutanti hisoblangan jamoa ishlashda davom etishi va erishilgan sur’atni pasaytirmasligi lozim.

Eslatib o‘tamiz, «Como» o‘z maydonida «qizil iblislar»ni yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uch turdan keyin Fabregas shogirdlari 6 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Italiya klubi keyingi uchrashuvini 4 noyabr kuni «Lans»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar