«Nyukasl» yarimhimoyachisi Lyuis Holl yana «Manchester Yunayted»ning qiziqishiga sabab bo‘lmqoda. Bu haqda i News xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mavsum yakunlangach, «Manchester Yunayted» himoyani jiddiy qayta qurishni rejalashtirmoqda. «Qizil iblislar» tarkibni kuchaytirish variantlaridan biri sifatida «Nyukasl»dan Holl nomzodini ko‘rmoqda, shuning uchun uni yana sotib olishga harakat qilishi mumkin.
22 yoshli angliyalik futbolchining o‘zi Manchesterga ko‘chib o‘tishga tayyor. Shu bilan birga, agar «Nyukasl» Holl uchun 95 million yevrodan ortiq so‘rasa, «qizil iblislar» bu transferdan voz kechishi hamda muqobil variant hisoblangan «Bornmut» a’zosi Adrian Tryufferga e’tibor qaratadi.
Ushbu mavsumda Xoll barcha musobaqalarni inobatga olganda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq himoyachi «Nyukasl» bilan shartnomani-2031-yilgacha uzaytirgan edi.