Live
2
O'zbek

Proliga. «Paxtakor FJ» derbida Respublika FAdan ustun keldi

Futbol
21 oktabr, 10:36
Gollar Mo‘minjon va Asad Shuhratovlar hisobiga yozildi.
Proliga. «Paxtakor FJ» derbida Respublika FAdan ustun keldi
Фото: Пахтакор ПФК

Proligada 23-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Turning so‘nggi bahsida «Paxtakor FJ» jamoasi Respublika FA bilan kuch sinashdi. Unda «sherlar» yoshlari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Gollar Mo‘minjon va Asad Shuhratov hisobiga yozildi. Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor FJ » ochkolari sonini 13 taga yetkazib, 13-o‘rinda bormoqda. Respublika FA esa 29 ochko bilan 9-pog‘onada.

Proliga. 23-tur
Respublika FA – Paxtakor FJ 0:2
Gollar:
M.Shuhratov 45+1-pen, A.Shuhratov 61.
Paxtakor: Yoqubjonov, Muhammadov, Hotamov, Ma’murjonov, Saidmurodov, M.Shuhratov, Hayitmurodov, Suslov, A.Shuhratov, Vepaev, Parpiev.

Bugungi yangiliklar