Bugun
45
O'zbek

Ispaniya qiroli Messini kechki ovqatga taklif qildi

Futbol
22 oktabr, 01:15
Argentinalik futbolchi qirollik oilasi bilan rasmiy kechki ovqatda qatnashadi.
Ispaniya qiroli Messini kechki ovqatga taklif qildi
Foto: Getty Images

8 karra «Oltin to‘p» sohibi Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya bilan rasmiy kechki ovqatda ishtirok etadi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Messi bugun, 22-oktabr kuni Ispaniyaning Oviedo shahriga yetib boradi. U yerda argentinalik futbolchi sport yo‘nalishidagi Asturiya malikasi mukofotini qabul qiladi. Shuningdek, Messi Oviedo sport saroyida maktab o‘quvchilari, talabalar va muxlislar bilan uchrashadi.

Shu kuni kechqurun argentinalik futbolchi qirollik oilasi hamda mukofotning boshqa sovrindorlari ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda qatnashadi.

Ertaga, 23-oktabr kuni esa Asturiya malikasi mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tantанali tadbir Kampoamor teatrida o‘tkaziladi.

Marosimdan so‘ng «Inter Mayami» hujumchisi AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz qilib, MLS doirasida «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli futbolchi chempionatning ushbu mavsumida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar