Bugun
45
O'zbek

Fransiyadagi ommaviy norozilik namoyishlari sababli futbol uchrashuvi qoldirildi

Futbol
22 oktabr, 02:05
Liga 1ning 8-turi doirasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan «Tuluza» — «Trua» uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi.
Fransiyadagi ommaviy norozilik namoyishlari sababli futbol uchrashuvi qoldirildi
Foto: Getty Images
25.10.2026, 12:15 Liga 1 Fransiya Toulouse Toulouse - : - Troyes Troyes

Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Tuluza» — «Trua» uchrashuvi mamlakatda rejalashtirilgan norozilik namoyishlari sabab boshqa kunga ko‘chirildi. Bu haqda RMC Sport telekanali xabar berdi.

Dastlab uchrashuv 24-oktabr kuni o‘tkazilishi kerak edi. Biroq bahs 25-oktabrga ko‘chirildi. Shuningdek, 24-oktabr kuniga «Lans» va «Parij» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ham rejalashtirilgan.

Avvalroq «Sariq nimchalar» harakati Fransiyada yoqilg‘i narxlarining oshishi va aholining xarid qobiliyati pasayishiga qarshi yangi namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

O‘tgan dam olish kunlari Fransiyaning bir qator hududlarida namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar baholashicha, ularda 800 ming kishi ishtirok etgan. Biroq mamlakat Ichki ishlar vazirligi ishtirokchilar sonini 550 ming nafar deb hisoblagan. Ayrim shaharlarda namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan.

Fransiya adliya vaziri Jerald Darmanenning ma’lum qilishicha, 17-oktabr kuni taxminan 3 mingta do‘kon talon-toroj qilingan, 2,5 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Toulouse Toulouse
  • Troyes Troyes
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar