Londonning «Arsenal» klubi ispaniyalik darvozaboni David Rayya o‘z kuchini La Ligada sinab ko‘rish haqidagi savolga javob berdi.
«Albatta, men o‘zimni La Ligada sinab ko‘rishni istardim. Hozir «Arsenal»da juda baxtliman, lekin bir kun kelib Ispaniya chempionatida o‘ynashni orzu qilaman, u juda raqobatbardosh liga. Men ispaniyalikman va Ispaniyada o‘ynashni xohlayman», - dedi Rayya Marca nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Rayya suhbatlashgan jurnalist darvozabonga oq futbolka juda yarashgani haqida hazil qilib, Madridning «Real» klubiga o‘tishiga ishora qildi. Bunga javoban futbolchi shunchaki kulib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy axborot vositalarida «Real Madrid» darvozabon pozitsiyasini mustahkamlash uchun nomzodlaridan biri sifatida aynan David Rayyaga qiziqib qolgani va kiperni kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.