Ispaniya chempionatining 3-turini yakunlab bergan oʻyinda “Barselona” oʻz uyida “Rayo Valekano”ga 5 ta gol urib, oʻz darvozasidan 2 bor toʻp olib chiqdi.
Rafinya dublga erishib, mavsumdagi gollarini 5 taga yetkazdi va liga toʻpurariga aylanib oldi. Yamal ham dubl qayd etib, mavsumdagi ilk toʻplarini kiritdi, kataloniyalar safidagi umumiy gollari esa 50 tadan oʻtdi.
Flik jamoasi ochkolarini 9 taga yetkazib, toʻplar nisbatiga koʻra “Real”ni ortda qoldirgan holda peshqadamlikka qaytdi. “Rayo” esa 1 ochko bilan 16-pogʻonada.
La Liga. 3-ture
Barselona — Rayo Valekano 5:2
31 avgust, “Kamp Nou”
Gollar: Rafinya (19, 71), Yamal (21, 90), Lejen (51, avtogol) — Kamello (12, 59).
Barselona — Joan Garsiya, Kunde, Kubarsi, Kristensen, Espart, Pedri (Kanselu, 78), Bernal (Rodri, 64), Olmo (Fermin, 64), Gordon (Adeyemi, 78), Yamal, Rafinya (Abdulkarim, 85).
Rayo Valekano — Kardenas, Balliu, Lejen, Siss, Vertruvd, Buare (Dias, 57), Valentin, Lopes (Nteka, 75), de Frutos (Peres, 58), Garsiya, Kamello (Alemao, 75).
Ogohlantirish: Pedrosa (90).
La Liga. 7 ta gol urilgan oʻyinda “Barsa” “Rayo Valekano”ni yirik hisobda yengdi
Futbol
31 avgust, 17:36
Uch futbolchi dublga erishdi. Flik jamoasi 1-oʻringa qaytdi.
Foto: Getty Images
31.08.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Barselona
5
:
2
Rayo Vallecano
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi