Bugun
20
O'zbek

Flik: «Asosiysi — uch ochko, mavsumni yaxshi boshladik»

Futbol
31 avgust, 22:30
«Barsa» bosh murabbiyi «Rayo Valekano» ustidan qozonilgan yirik g‘alaba haqida fikr bildirdi.
Flik: «Asosiysi — uch ochko, mavsumni yaxshi boshladik»
Foto: Getty Images
31.08.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 5 : 2 Rayo Vallecano Rayo Vallecano

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining La Liga 3-turida «Rayo Valekano» ustidan qozonilgan 5:2 hisobidagi yirik g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

«Birinchi bo‘limda fantastik o‘ynadik. O‘tkazib yuborilgan golga yaxshi javob qaytardik, bunday holatlar bo‘lib turadi.

O‘z maydonimizda o‘yinni yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak. To‘pga ko‘proq egalik qilishimiz lozim. Bu bizning mentalitetimiz.

Ayrim futbolchilarimiz oldinga borishni va hujum qilishni xohlaydi, ammo ba’zi vaziyatlarda o‘yin tempini pasaytirish kerak.

Asosiysi — uch ochko, mavsumni yaxshi boshladik. Rodri ayrim vaziyatlarda o‘yinni nazorat qilish uchun jamoaga qo‘shilgan. U hali biz bilan atigi bir necha kun bo‘ldi, shuning uchun yanada yaxshilanishi kerak.

Ko‘proq nazorat kerak, chunki raqib juda yaxshi. Ularda bo‘sh zonalarni topa oladigan ko‘plab futbolchilar bor. Shuningdek, ular standart vaziyatlarda ham kuchli», — dedi «Barselona» bosh murabbiyi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar