“Barselona” vingeri Lamin Yamal mavsumdagi birinchi golini urdi.
19 yoshli futbolchi La Liganing 3-turidan oʻrin olgan “Rayo Valekano”ga (5:2) qarshi oʻyinda dublga erishdi.
Lamin soʻnggi marta Ispaniya milliy jamoasi safida — 2026 yilgi Jahon chempionatining 2-turida Saudiya Arabistoni (4:0) darvozasiga toʻp kiritgandi. Shundan beri u klub va milliy jamoa safida 8 ta rasmiy oʻyin oʻtkazdi.
Pedro Martinning taʼkidlkshicha, jahon va Yevropa chempioni 19 yosh 49 kunligida “Barselona” safidagi 50-golini urdi va klub tarixida bu natijaga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. U Jozep Eskola (20 yosh 356 kun; 1934–1937, 1940–1944 va 1944–1948 yillarda “Barselona”da oʻynagan) hamda Lionel Messining (21 yosh 120 kun) natijalarini ortda qoldirdi.
Shuningdek, Yamal top-5 liga oʻyinchilari orasida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. U Kilian Mbappe va Erling Holandning natijalarini yangiladi.
Yamal top-5 liga oʻyinchilari orasida 50 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi
Futbol
31 avgust, 19:05
19 yoshli vinger “Barsa”da Messini, umuman “kuchli beshlik”da esa Mbappe va Holandning natijasini yaxshiladi.
Foto: Getty Images
31.08.2026
FT
Ispaniya La Ligasi
Barselona
5
:
2
Rayo Vallecano