Angliyaning «Liverpul» klubi himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Urugvaylik futbolchi ingliz grandi safida ijara asosida to‘p tepmoqda. Uning transfer huquqi hamon «Barselona»ga tegishli.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Arauxoning ijara shartnomasida uni 55 million yevroga sotib olish bo‘yicha band mavjud. Transfer bevosita futbolchining qaroriga bog‘liq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Arauxoning ustuvor maqsadi «Barselona»ga qaytish hisoblanadi. U «Liverpul»dagi ijara muddatini kataloniyaliklar ustozi Hans-Diter Flik uchun o‘z salohiyatini isbotlash imkoniyati deb biladi. Qayd etilishicha, futbolchi ijaradan so‘ng, o‘z kelajagi haqida qaror qabul qilishdan oldin germaniyalik mutaxassis bilan suhbatlashmoqchi.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» tarkibida Arauxo barcha musobaqalarni inobatga olganda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi