Live
3
O'zbek

Sancho faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin

Futbol
16 oktabr, 07:09
    3
Erkin agent maqomidagi angliyalik yarimhimoyachi faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirishi mumkin.
Sancho faoliyatini Yevropadan tashqarida davom ettirishi mumkin
Foto: Gettyimages

Hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan hujumkor yarimhimoyachi Jeydon Sancho faoliyatini Yaqin Sharqda davom ettirish imkoniyatiga ega, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining sahifasi orqali.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida angliyalik qanot futbolchisida Ispaniya chempionatidan taklif borligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Sanchoni sotib olishga «Xetafe» qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli futbolchi «Manchester Siti» klubi akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. Professional darajada yarimhimoyachi Dortmundning «Borussiya», Londonning «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Aston Villa» klublarida o‘ynagan.

Ma’lumot uchun, Sancho Angliya milliy jamoasi libosida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar